Suyultirilgan gaz Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi shartlari asosida yetkazib beriladi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.
Suyultirilgan uglevodorod gazi (SUG) bosim ostida hosil boʻlgan propan va butan aralashmasi boʻlgan yoqilgʻidir. Ishlab chiqarish jarayonida klaster oʻzgarib, gaz suyuq holatga oʻtadi, bunda uni hajmi qisqarib, tashish va taqsimlash jarayonlari osonlashadi.
Iqtisodiy va ekologik jihatdan suyultirilgan uglevodorod gazi benzin va dizel yoqilgʻisidan ustunlikka ega, shuning uchun turli sanoatlarda keng qoʻllaniladi.
Transport yoqilgʻisi sifatida ishlatilganda suyultirilgan gaz yonish jarayonida boshqa uglevodorod yoqilgʻilariga nisbatan 10-12 foiz kam CO2 chiqaradi.
Shuningdek, u mamlakatning eng chekka burchaklariga yetkazishda qulay yoqilgʻi boʻlib, millionlab odamlarning hayotini yaxshilashga yordam beradi.