Oʻzbekiston “Krokus Siti”dagi teraktdan jabrlangan rus oilalari bolalarini samimiy qabul qildi

    Bo'sh vaqtda 23 Iyun 2024 12056

    Toshkent xalqaro aeroportida oʻzbeklarning anʼanaviy mehmondoʻstligiga xos ravishda Rossiyadagi “Krokus Siti”da sodir etilgan terrorchilik hujumida jabrlangan rus oilalari bolalari kutib olindi.

    Rossiyadan kelgan bolalar taʼtilni Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Anor” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida oʻtkazadilar. Ularga mehmondoʻst tashkilotchilar tomonidan sport kiyimlari va zarur texnik jihozlari sovgʻa tariqasida ulashildi.

    Rossiyalik bolalarning 14 kunlik taʼtil paytida yaxshi dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan, ular turli sport turnirlarida, mahorat darslarida qatnashadilar, bu yerda ularga taniqli sport ustalari dars beradi. Rasm chizish, raqs, teatr mahorati, musiqa, kompyuter sinfi, shuningdek kutubxona bolalar ixtiyorida boʻladi.

    Bolalarning mazmunli hordiq olishi kun tartibidan suv sportlari festivali, qiziqarli kvestlar, komik estafetalar, xorijiy, mahalliy filmlar va spektakllar namoyishlari, shuningdek, video-tanlov oʻtkazish oʻrin olgan.