Uzcard yangi plastik kartalar ishlab chiqarmoqda

    Raqamlashtirish 30 Mart 2022 2054

    Endilikda Uzcard kartalarini mijoz uni ochish uchun ariza topshirgan paytdan boshlab 5 daqiqada olish mumkin, deb xabar qildi kompaniya vakillari bugun boʻlib oʻtgan “Sizning Instant Uzcard Card” anjumanida.

    Uzcard bosh direktori oʻrinbosari Lilya Xamidullina taʼkidlaganidek, shu kungacha bank mijozi kartani olish uchun ikki marta, birinchi marta ariza topshirish, ikkinchi marta (bir-ikki kun ichida) kartasini olish uchun bankka kelishi kerak edi.

    Endilikda bank mijozi 5 daqiqa ichida Uzcard kartasini olishi mumkin boʻladi.

    Bundan tashqari, yangi kartalar NFC texnologiyasidan foydalangan holda kontaktsiz toʻlovni qoʻllab-quvvatlaydi.

    Shuningdek, Uzcard kartalarining raqamlari boshlanishidagi “8600” raqam juftligi “5614”ga almashtiriladi.