Yuridik shaxslar uchun UZEX onlayn platformasi orqali 4 xonali raqamlar kim oshdi savdosi boshlandi, deb xabar bermoqda O'zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasi axborot xizmati.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ma'lumot xizmatlari uchun qisqa (4 raqamlik) maxsus raqamlarni onlayn-auksion tarzda sotish orqali ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iboratdir.
Onlayn-auksionlarda faqat yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin bo'ladi. Buning uchun mobilraqam.uzex.uz veb-saytida onlayn ro'yxatdan o'tishlari va birjaning hisob-kitob kliring palatasi (HKP)ga zakalat va vositachilik yig'imi uchun kerakli mablag'larni kiritishlari kerak.
Onlayn-auksionda ishtirok etish masalalari yuzasidan qo'shimcha ma'lumot olish uchun UZEX birjasining Call-markaziga (+71) 207-00-33 telefon raqami yoki @uzexfeedbackbot telegram boti orqali murojaat qilish mumkin.