баннер
13 Mar 2025
13:24

    Uzoq vaqtgacha qorayib ketmaydigan banan navi yaratildi

    “The Guardian” nashrining yozishicha, Britaniyaning Tropic biotexnologiya kompaniyasi tomonidan tozalanganidan soʻng 12 soatgacha qoraymaydigan banan navi yaratildi.

    Unda yozilishicha, ushbu banan navi poʻstlogʻi archilganidan soʻng bir sutka ichida boshqa bananlarga qaraganda 30 foiz sekinroq qorayadi.

    Genetiklar mevaning qorayishiga olib keluvchi polifenoloksidaza fermenti ishlab chiqarilishiga javobgar genni oʻchirib qoʻyishgan. Ushbu texnologiya avval olma, pomidor va qoʻziqorinlarni modifikatsiyalashda qoʻllanilgan. Olimlar yangi bananga begona DNK qoʻshishmagan, shu bois u GMO (geni modifikatsiyalangan organizm) hisoblanmaydi, — deyiladi xabarda.

    Taʼkidlanishicha, bananlar — jahonda eng ommalashgan mevalardan biri, biroq saqlash muddati qisqaligi sababli, mahsulotning qariyb yarmi chiqitga chiqmoqda. Yangi ishlanma mevaning isrof boʻlishini cheklab, issiqxona gazlarini qisqartirishda yordam berishi kutilmoqda.

    Maʼlumotlarga koʻra, hozirda AQSH, Kanada, Kolumbiya, Gonduras va Filippinda yangi navli bananlarning savdosiga ruxsat berilgan.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech