Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining OʻzTest — “Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasining Buxoro viloyat hududiy filialida 1 tonna 200 kg va umumiy narxi 150 mln soʻm miqdorida boʻlgan «Tormoznoy stend” sinov uskunasi hamda 250 mln soʻmlik gaz balonlarni oʻlchash vositasi oʻgʻirlangan.

Bu haqda OʻzA xabar tarqatmoqda oʻz manbalariga tayanib.

Xabarda aytilishicha, «OʻzTest«da 6 mlrd soʻm mablagʻ maqsadsiz sarflanib yuborilgan.

«Negadir, Agentlik rahbariyati bu maʼlumotga hozirgacha munosabat bildirgani yoʻq, «Oʻztest« masʼullariga qanday choralar koʻrilayotgani haqida izoh berishni ham ortga surmoqda.
OʻzA ushbu holat yuzasidan izoh soʻrab OʻzTest — «Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi« davlat muassasasi masʼullarga soʻrov yuborgan.
Rasmiy munosabatini eʼlon qilamiz«, deyiladi xabarda.