Uzum ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi – olimlar

    Singapur milliy universiteti olimlari uzumni har kuni iste'mol qilish keksa odamlarning ko'rish qobiliyatini yaxshilashi mumkin, degan xulosaga keldi.

    Tadqiqotda 34 kishi ishtirok etdi. 16 hafta davomida ulardan kuniga 1,5 piyola uzum iste'mol qilish so'raldi, nazorat guruhiga esa platsebo berildi. Tadqiqotchilar uzum guruhidagi odamlarda makula pigmentining optik zichligi (MPOD) sezilarli darajada yaxshilaganligi aniqlashdi. Bundan tashqari, bu subyektlarda antioksidantlar va fenollarning plazma darajasi oshdi. Olingan ma'lumotlar uzumni iste'mol qilish ko'z to'r pardasining tuzilishi va funksiyasini himoya qilishini namoyon etgan oldingi tadqiqotlarga mos keladi.

    Parhezli antioksidantlar qarish natijasida kelib chiqadigan oksidlovchi stressni kamaytirishi mumkin. Uzum tarkibida katta miqdorda tabiiy antioksidantlar va polifenollar mavjud, deb xabar beradi lenta.ru.