O'zbekiston hududida zilzila kuzatildi

    Mamlakatimizda 23 Fevral 2023 6278

    Tojikistonda sodir bo'lgan zilzila O'zbekistonda ham sezildi.

    FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, bugun, 23-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 05:37da (23.02.2023 yil, Grinvich bo'yicha 00:37da) Tojikistonda zilzila sodir bo'ldi. Zilzila koordinatalari: 38,51 gradus shimoliy kenglik; 72,84 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,8. CHuqurlik 147 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 435 km janubiy-sharqda.

    O'zbekiston Respublikasi hududida zilzilaning sezilish kuchi:

    — Farg'ona 4 ball, 227 km.
    — Andijon 4 ball, 256 km.
    — Namangan 4 ball, 294 km.
    — Sirdaryo 3-4 ball, 413 km.
    — Toshkent 3-4 ball, 435 km.
    — Jizzax 3-4 ball, 467 km.
    — Surxondaryo 3 ball, 509 km.
    — Samarqand 3 ball, 523 km.
    — Qashqadaryo 3 ball, 614 km.
    — Navoiy 3 ball, 666 km.
    — Buxoro 3 ball, 739 km.