Oʻzbekiston Prezidenti Bokuga amaliy tashrifini yakunladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifining nihoyatda mazmunli dasturi yakuniga yetdi.
Boku shahrida o‘tayotgan iqlim bo‘yicha COP29 konferensiyasi doirasida, mamlakatimizning Milliy pavilonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi.