Prezidentimizning 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori asosida Jizzax shahrida yashovchi O.Obloqulov chorvachilikni rivojlantirish uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga 33 million so'm kredit olish uchun bank bilan shartnoma imzolaydi.

Mablag' o'z vaqtida ta'minotchi sifatida ko'rsatilgan Sh.Rashidov tumanidagi “Samarqandquduq” QFYda joylashgan “Yahyoev Farhod” fermer xo'jaligi hisobraqamiga o'tkazilib, bir haftada qo'ylar etkazib berilishiga kelishib olingan.

Oradan bir yil o'tsa hamki qo'ylardan darak bo'lmadi. Fuqaro fermer xo'jaligi rahbariga bir necha marotaba qo'ylarni qachon etkazib berishini so'rab murojaat qilgan bo'lsa-da, turli vajlar bilan ortga surib kelingan.

Bu yugurishlardan naf chiqmagach O.Obloqulov O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga mazkur masalada amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.

Murojaat o'z vaqtida o'rganilishi natijasida, fermer xo'jaligi tomonidan va'da qilingan qo'ylar iste'molchiga o'z vaqtida etkazib berilishiga erishildi.