Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy texnik idora” temir yoʻl chegara bojxona postida post xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositasining navbatdagi harakatiga chek qoʻyildi.

Unga koʻra, respublikamizga kirib kelayotgan yuk poyezdi tarkibi nazoratdan oʻtkazilganda, xizmat itining belgi berishi natijasida poyezd tarkibidagi vagonning qoʻshgʻildirak ramasi yon ichki qismida oq rangli polietilen paket ichiga solingan va gazetaga oʻralgan holda turgan, yashil rangli maydalangan oʻziga xos oʻtkir hidli modda borligi aniqlandi.

Aniqlangan moddalar xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, oʻrami bilan ogʻirligi 44 grammni tashkil etuvchi “Marixuanna” giyoxvandlik vositasi ekanligi maʼlum buldi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda