Vagon ostiga yashirilgan “opiy” to‘xtatib qolindi

    Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda navbatdagi kontrabanda holatiga chek qo‘yildi. 

    Qo‘shni davlatdan bojxona postiga kirib kelgan yuk poyezdi vagonlari belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilganda, xizmat iti vagonlardan birida shubhali modda borligi yuzasidan belgi berdi.

    Shundan so‘ng, mazkur vagon chuqurlashtirilgan bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda vagonning pastki balka qismida xufyona tarzda yashirilgan jami og‘irligi o‘rami bilan 2.14 kilogramm bo‘lgan “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.