AQSH prezidentining yordamchisi Kellian Konuey “Fox News” telekanali orqali Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi Amerika emdorilaridan orqada qolayotgani haqidagi qarashlarini aytib oʻtdi. Shuningdek u Rossiya vaksinasi haddan tashqari kam sinovdan oʻtganini ham taʼkidladi.
“Ishlab chiqishning uchinchi bosqichida turgan oltita potensial vaksinamiz bor. Ular esa (Rossiya) hatto bungacha ham yetib bormagan koʻrinadi”, — deya taʼkidlagan Konuey.
Rossiya standartlarini tanqid qilar ekan, Konuey bu borada Amerikaning talablari qatʼiyroq ekanligini aytgan.