Tadqiqotda COVID-19dan tuzalgan 22 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan 50 nafar erkak, va 44 nafar Sputnik V vaksinasi bilan emlangan erkak ishtirok etdi.
Mutaxassislar Sputnik V gormon darajasiga taʼsir qilmaydi degan xulosaga kelishdi, genetik tahlil hech qanday anomaliyalar aniqlamadi. Biroq, COVID-19 bilan kasallangan erkaklarning koʻrsatkichlari sezilarli darajada yomon edi.
Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining V.I.Kulakov nomidagi markazida 200 ayol va 200 erkak ishtirokidagi yana bir tadqiqot oʻtkazildi. Olingan natijalar shuni koʻrsatadiki, Sputnik V vaksinasidan foydalanish erkaklar va ayollarning reproduktiv funksiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi.
Har qanday vaksinaning reproduktiv funksiyaga taʼsiri haqida gapirganda, olimlarning taʼkidlashicha, vaksina preparatlari paydo boʻlgan davrdan boshlab (100-yildan ortiq), ularning reproduktiv funksiyaga salbiy taʼsiri toʻgʻrisida hali hech qanday maʼlumot aniqlanmagan.