Tadqiqot davomida olimlar jamoasi turli xil gripp, SARS-CoV-2 va chechakka qarshi emlashning bir nechta platformasidan foydalanish orqali molekulalarning turli kombinatsiyalarini sichqonlarga va odam hujayralariga ta'sirini ko'rib chiqishdi. Ular V2 vitaminining hosilasi bo'lgan – 5-OP-RU virusiga qarshi vaksinalarning samaradorligini oshirishini payqashdi. Buning sababi shundaki, birikma MAIT T- hujayralari populyatsiyasini rag'batlantiradi, bu ularni patogenlarga qarshi yanada kuchli himoya tizimini ishlab chiqarishga olib keladi.
MAIT hujayralari odatda qon oqimida va shilliq qavat to'qimalarida, jumladan, viruslar ko'pincha birinchi bo'lib kiradigan nafas olish tizimida mavjud bo'ladi.
Kelgusida tadqiqotchilar 5-OP-RUning boshqa koronavirus vaksinalari bilan birgalikda qo'llanganda qanday samara berishini tekshirish uchun qo'shimcha tadqiqotlar o'tkazishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, MAITning o'ziga xos xususiyatlaridan ikkilamchi bakterial va virusli infeksiyadan keyin to'qimalarning shikastlanishini bartaraf etish uchun foydalanish mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.