Tadbirda fuqaro A.T. Chilonzor tumani “Bektoʻpi” bozor hududida muntazam valyuta ayirboshlash faoliyati bilan shugʻullanib kelib, fuqaro U.ga 4 300 AQSH dollarini 47,4 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.