Van I Xitoyning Suriyaga o'z suverenitetini himoya qilishga yordam berishiga ishontirdi

    Xitoy Suriyaning hududiy yaxlitligini himoya qilish va mamlakatda barqarorlikni tiklashga yordam beradi.

    Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I xalqaro vaziyat va Xitoy diplomatiyasiga bag'ishlangan anjumanda aytib o'tdi, deb xabar beradi tass.ru.

    “Suriyadagi vaziyat keskin o'zgardi, Xitoy Suriya xalqini qo'llab-quvvatlashda davom etadi va Suriyaga o'z suverenitetini himoya qilish va barqarorlikni tiklashga yordam beradi”, dedi Van I. Uning qayd etishicha, Xitoy terrorchi guruhlarning vaziyatdan foydalanib, mamlakatda tartibsizliklarni yuzaga keltirishiga qarshi.