Kompaniya xabariga koʻra, avtomobil xarid qilish uchun tuzilgan shartnomaga asosan, avtomobilni yetkazib berish muddati shartnoma bandida koʻrsatilgan muddatdan oʻtmasligi kerak. Shartnomada avtomobilni saqlash muddati dilerlik markaziga yetkazib berilgandan soʻng 5 ish kunidan oshmasligi koʻrsatilgan.
“Agar xaridor ushbu muddat ichida oʻz avtomobilini dilerlik markazidan olib ketmasa, kompaniya avtomobilni navbat tartibi asosida keyingi mijozga berishga majbur boʻladi”, — deb ogohlantiriladi xabarda.
Shuningdek, kompaniya agar 2023-yilda ishlab chiqarilgan avtomobilni kelgusi yilning 1-yanvaridan keyin olib ketilsa, uning ishlab chiqarish yili oʻzgarishi qabilidagi mish-mishlarga ishonmaslikni tavsiya qildi.
“Butun ishlab chiqarish hajmi, jumladan Chevrolet Lacetti va Tracker modellari 2023-yilgacha ishlab chiqariladi. Butun ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi, shu jumladan, Chevrolet Lacetti va Tracker modellari ham 2023-yil modeli sifatida ishlab chiqariladi”, — deyiladi xabarda.









