Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi qanday hollarda beriladi?

    Bilasizmi? 19 Noyabr 2020 2482

    Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:

    vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotish bilan bogʻliq kasallikda (shikastlanishda);
    sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
    kasallangan oila aʼzosini parvarishlash zarur boʻlganda;
    karantinda;
    sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilganda;
    mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama aʼzo (protez) qoʻydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.

    Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos boʻladi.