Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:
- vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotish bilan bogʻliq kasallikda (shikastlanishda);
- sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
- kasallangan oila aʼzosini parvarishlash zarur boʻlganda;
- karantinda;
- sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilganda;
- mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama aʼzo (protez) qoʻydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos boʻladi.