Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:

  • vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotish bilan bogʻliq kasallikda (shikastlanishda);
  • sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
  • kasallangan oila aʼzosini parvarishlash zarur boʻlganda;
  • karantinda;
  • sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilganda;
  • mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama aʼzo (protez) qoʻydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos boʻladi.