Vaqtni qo'ldan boy bermaylik

    Fikr 13 Iyun 2020 3905

    Qadimda bir xitoylik imperator bo'lgan ekan. U taxtga o'tirgan vaqtida juda yosh edi va qiziquvchan bo'lgan kan. Imperator ko'p narsani bilar va yanayam ko'proq narsani bilishni xohlar edi.

    Saroy kutubxonasidagi hali o'qilmagan kitoblarni ko'rib tushundiki ularning hammasini o'qib ulgurmaydi. Bir kuni u saroy donishmandini chaqirib unga butun insoniyat tarixini yozishni buyurdi. Donishmand uzoq mehnat qildi. Yillar o'tdi. Oxiri, mulozimlar imperator xonasiga besh yuz kitobni olib kelishdi, unda butun insoniyat tarixi bitilgan edi. Imperator bunga anchayin ajablandi.

    U endi yosh bo'lmasa ham ilmga intilishi so'nmagan edi. Biroq, u yillarni bu kitoblarni o'qishga sarflay olmas edi va u eng asosiylarini qoldirib bayon qilinganlarni qisqartirishga buyurdi. Donishmand yana uzoq yillar mehnat qildi. Va kunlardan bir kun mulozimlar bir aravaga ortilgan ellikta kitobni imperator huzuriga keltirishdi. Imperator juda qarib qolgan edi. U bu kitoblarni o'qishga ulgurmasligini tushunar edi va donishmanddan faqat eng muhimini qoldirishni so'radi. Donishmand yana ishga kirishdi.

    Ma'lum bir vaqt o'tib u butun insoniyat tarixini birgina kitobga joylashtirishga muvaffaq bo'ldi, lekin, u kitobni olib kelganda – imperator o'limini kutib yotar edi va shu darajada quvvatsiz ediki kitobni ochishga ham kuchi etmas edi. SHunda imperator narigi dunyoga ravona bo'lmasidan oldin bayon qilinganlarni yanada qisqartirib ifoda qilishni iltimos qildi. SHunda donishmand kitobni ochdi va oxirgi betiga faqat birgina jumlani yozdi: “Inson tug'iladi, azob chekadi va o'ladi”...

    Vaqt g'animat azizlar!