Varshava — Toshkent — Varshava yo'nalishi ochildi

    "LOT Polish Airlines" aviakompaniyasi Polshadan O'zbekistonga qatnovlarni yo'lga qo'ydi.

    21 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:03da Polshaning "LOT Polish Airlines"aviakompaniyasining samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo'ndi va yangi Varshava — Toshkent — Varshava yo'lovchi yo'nalishini ochdi.

    Iyun oyining o'rtalariga qadar har 10 kunda bir marta charter asosida parvozlar amalga oshiriladi. Qishki jadvalga o'tish munosabati bilan aviakompaniya Varshava — Toshkent — Varshava yo'nalishi bo'yicha muntazam qatnovlarni yo'lga qo'yishi mumkin.

    "LOT Polish Airlines"— shtab-kvartirasi Varshavada joylashgan Polsha aviakompaniyasi. Aviakompaniya dunyodagi eng qadimgi, eng yirik va vakillik aviatsiya alyansi bo'lgan “Star Alliance" a'zosi hisoblanadi.