AOKAda oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida Mudofaa vazirligi mutasaddilari “Shon-sharaf” davlat muzeyida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar toʻgʻrisida maʼlumot berishdi.

Qayd etilishicha, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti faxriylarining qahramonligiga oid “Xotiralardan oʻrin olgan tarix” kitobi yaratildi va chop etildi;

majmuaga tashrif buyuruvchilar maʼnaviy ozuqa olishini koʻzda tutgan holda, muzey ichidan joy olgan “Book cafe”si mingga yaqin Ikkinchi jahon urushi tematikasiga oid kitoblar bilan boyitildi;

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasining shon-sharaf.uz veb-sayti takomillashtirildi. Saytda mavjud media va boshqa kontentlar davlat, rus va ingliz tillarida ishlab chiqildi;

veb-saytda “Elektron videodarslar”, “Elektron kitoblar”, “Ilmiy tadqiqot mavzulari”, “Bobomni izlayman” hamda Ikkinchi jahon urushi davriga oid mediamateriallarni oʻz ichiga olgan “Fotogalereya” va “Videogalereya” boʻlimlari tashkil etildi;

sayt orqali elektron videodarslar toʻplami “ZiyoNET” taʼlim portalining “uTube.uz” videoportalida aks ettirish imkoniyati yaratildi;

muzeyining birinchi qavatida joylashgan “Book cafe”da muzey kinofotofonida mavjud boʻlgan Ikkinchi jahon urushiga oid badiiy va hujjatli filmlar va mingga yaqin elektron kitoblarni maxsus uskunalar yordamida namoyish etish imkoniyati yaratildi;

muzeyning birinchi va ikkinchi qavatlarida Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekistondan frontga safarbar etilgan vatandoshlarimizni nomma-nom roʻyxatini tasvirlovchi maxsus infokiosklar oʻrnatildi;

majmuaga tashrif buyurgan mehmonlarga va xorijiy mamlakat vakillariga yuqori saviyada ekskursiya jarayonlarini tashkillashtirish maqsadida “Audiogid” xizmati yoʻlga qoʻyildi.

bir qator vazirlik va idoralar arxivlaridan urush davriga oid xujjatlar va maʼlumotlarni oʻrganish maqsadida ishchi guruh vakillari tomonidan majmua elektron bazasi boyitildi;

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda tarix yoʻnalishi talabalari orasidan iqtidorlilari saralab olinib, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida ekskursovod sifatida amaliyot oʻtash jarayoni yoʻlga qoʻyildi. Bugungi kunga qadar 20dan ziyod talabalar amaliyot oʻtashdi.