Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, yigitlarga nisbatan iftixorini bildiradi.

       Xalqimiz azaldan o‘zining mard va jasur o‘g‘lonlari bilan faxrlanib kelgan. Ajdodlarimiz o‘zidan keyingi har bir avlodga yigit kishining eng oliy va muqaddas burchi avvalo Ona tuproqni avaylash, uning sarhadlari daxlsizligini, tinchligini ta'minlashdan iboratligini bot-bot eslatib, shu ruhda tarbiyalab kelgan.

       Tinchlikni mustahkamlash yo‘lida har bir kishi o‘z burchini sidqidildan, ixlos va e’tiqod bilan bajarishi, Ona Vatinimiz himoyasida bo‘lgan Temur Malik,  Amir Temur,  Jaloliddin Manguberdi kabi ulug‘ vatanparvarlari ibrat bo‘lishi lozim.

       Vatan himoyachisi bo‘lish sharafli burch bo‘lib, kindik qoni to‘kilgan vatanni, shu mustaqil yurtni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash inson uchun go‘yo o‘z oilasini, sha’nini, nomusini, imon-e’tiqodini himoya qilish kabidir.

       Vatan himoyasida faqat harbiy kishilar emas, balki shu zaminda yashayotgan barcha fuqarolar qaerda bo‘lmasin, o‘z Vatanini himoya qilishi kerak.

       Obod va farovon, tinch va osoyishta yurtda yashar ekanmiz bu kunlarga shukronalar aytmog‘imiz, uning qadriga yetmog‘imiz darkor!  Kolaversa kundalik hayotimizning bexavotir, tunlarimizning osuda o‘tayotgani Milliy Armiyamiz va har bir har bir xodimning mashaqqatli xizmatlari ekanligini yodda tutmog‘imiz lozim.

       Shu o‘rinda Ona vatanimizning har qarich yeri, muqaddas tuprog‘imizning har bir zarrasini sergaklik bilan qalbida g‘urur va iftixor ila jon tikib, sidqidildan himoya qilayotgan tinchlik posbonlarimizga cheksiz minnatdorchilik bildirib, xalqimizning asl o‘g‘lonlari-mard askarlarni bayram bilan muborakbod etib qolamiz.

 

Xushnudbek Sultonov,

Respublika Manaviyat va marifat markazi

 Tuproqqala tuman bo‘linmasi rahbari,

Fatima Seydabdullaeva,

 Respublika Manaviyat va marifat markazi

 Tuproqqala tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi.