Ular bilan mamlakatimiz oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, yagona Vatan atrofida jipslashtirish davlatimiz siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir.
Mazkur tashkilot qanday faoliyat yurityapti, oʻz oldiga qanday vazifalar qoʻygan kabi savollarga javoblar koʻpchilikka, ayniqsa, xorijdagi vatandoshlarimizga qiziqarli boʻlishi aniq. “Vatandoshlar” jamoat fondi vasiylik kengashi raisi, Oʻzbekiston va Tojikiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofoti sovrindori Sherali JOʻRAYEV bilan suhbatda ayni jihatlarga oydinlik kiritishga harakat qildik.
— Mamlakatimizda Respublika baynalmilal madaniyat markazi, Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi faoliyat yuritadi. Lekin “Vatandoshlar” jamoat fondining oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalar mazkur tashkilotlarnikidan ham farqli, ham uygʻun. Uni tashkil etish- ga nimalar turtki boʻldi?
— Keling, gapni juda uzoq-uzoqlar- dan emas, yurtimiz hayotida kechayotgan 4-5 yil nari-berisidagi xayrli qadamlarga bir nazar tashlash bilan bosh lasam. Vatandoshlar bilan hamkorlikning uzoq muddatli va mustahkam tizimini yaratish hamda 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni toʻlaqonli amalga oshirish maqsadida Prezidentimiz 2018-yil 25-oktyabrda “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyo satini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Ushbu qarorga muvofiq, Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bi lan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Resp ublikasi davlat siyosati konsep siyasi, ular bilan hamkorlikni rivoj- lantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Shunday qilib, xorijda yashayotgan vatandoshlar uchun kirish vizalarini, shu jumladan, koʻp marotabalik va uzoq muddatli vizalarni soddalashtirilgan holda rasmiylashtirish, vaqtinchalik yashash hamda mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma berish yoʻlga qoʻyildi.
Xorijdagi vatandoshlar orasida yuqori malakali mutaxassislar davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro hokimiyati organlari va Oʻzbekistonning boshqa davlat tashkilotlariga rahbarlik lavozimlariga, shuningdek, tashkilotlar rahbarlarining maslahatchisi sifatida jalb qilinishi belgilandi.
Davlat vatandoshlarning ijtimoiy va maishiy masalalarini hal qilishga yordam berishni zimmasiga oldi.
Qarorga koʻra, yurtdoshlarimizning xorijda oʻqishi, ishlashi va boshqa ijtimoiy masalalar “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, jismoniy va yuridik shaxs larning xayriya ehsonlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladigan boʻldi. Vatandoshlarga soddalashtirilgan tartibda Oʻzbekiston fuqaroligi berilishi belgilandi.
Yurtimiz rivojiga munosib hissa qoʻshgan vatandoshlar davlat mukofotlari va faxriy unvonlar bilan taqdirlanishi, qonunchilik asosida davlat tomonidan koʻrsatiladigan boshqa qoʻllab-quvvatlash va ragʻbat choralari koʻrilishi mumkin.
Bularning barchasi “Vatandoshlar” jamoat fondi tuzilishi va faoliyati boshlanishiga zamin yaratdi, unga ehtiyoj, zarurat yetildi. Fond xorijda yashayotgan vatandoshlarni tarixiy Vatani — ona yurt, ota makonimiz boʻlgan Oʻzbekistonimiz atrofida yanada jipslashtirish, ularning qalbi va ongida yurt bilan faxrlanish tuygʻusini yuksaltirish, milliy oʻzlikni saqlab qolish, vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarini qoʻllab-quvvatlash, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizning salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyotiga samarali yoʻnaltirish maqsadida tashkil etildi.
Shuningdek, u xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning huquq va er kinliklarini himoya qilishga koʻmakla shish, murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarni belgilangan tar tibda moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, yurtimizning boy ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosini keng targʻib qilish va ommalashtirish, va- tandoshlarga madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etishda koʻmaklashish, oʻzbek tili, madaniyati va anʼanalarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni, rivojlangan xorijiy davlatlarda yashab kelayotgan olim va ijodkor vatandoshlarimizning yurtimiz nufuzini oshirishga qaratilgan ilmiy, ijodiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash, vatandoshlarni Oʻzbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, maʼrifiy va madaniy faoliyat bilan shugʻullanishga faol jalb qilish va Yangi Oʻzbekistonimiz rivojiga taalluqli boshqa shu kabi muhim masalalarni qamrab olgan.
— Xorijda ham yurtdoshlarimiz turli tashkilot, jamgʻarma, hamjami- yat shaklida tuzilmalarga birlashib faoliyat yuritib keladilar. Jamoat fondi ular bilan ham hamkorlik qi- ladimi?
— Oʻtgan qisqa muddat ichida vatandoshlarning 30 ta jamoat birlashmasi bilan memorandum imzolash boʻyicha kelishuv va muzokaralar, 95 ta jamoat birlashmasi bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha yozishmalar olib borildi. 100 dan ortiq vatandosh bilan onlayn muloqot oʻtkazildi, 350 dan ortiq vatandosh bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali aloqalar oʻrnatildi.
Biz ularni, ular bizni mushtoqlik bilan tinglashdi, kelgusi rejalar haqida fikr almashildi, amaliy harakatlarga zamin yaratildi. Yurtimizning milliy bayram va muhim sanalarini nishon- lashda vatandoshlarning faolligini oshirish uchun tadbirlar va tanlovlar tashkil etib borish yoʻlga qoʻyildi.
Xususan, 21-oktyabr — Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlangan “Til — millat koʻzgusi”, 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Adolat mezoni senda mujassam” mavzularida videokonferensiya oʻtkazildi. Unda 70 ga yaqin xorijiy mam- lakatdagi oʻzbek jamoat birlashmalari vakillari, ilmiy salohiyatga ega vatan- doshlar va oilalari ishtirok etdi.
Xorijdagi vatandoshlar uchun 18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan “Gʻurur va iftixorim ramzi” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi oʻtkazildi hamda gʻoliblar fondning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ovoz berish yoʻli bilan aniqlandi.
Xorijiy mamlakatlarda yashayotgan, turli sohalarda muvaffaqqiyatga erishgan vatandoshlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda muntazam ravishda jonli efirda muloqotlar tashkil etilmoqda. Umuman olganda, mamlakatimizdagi eng muhim sanalar uchun xorijdagi vatandoshlar va fond xodimlarining videoroliklari tayyorlanishi allaqachon anʼanaga aylanib ulgurgan. Qolaversa, “Vatandoshlar” jamoat fondining ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifalari ochildi.
Ularda yurtimiz va xorijdagi vatandoshlar hayotiga oid muhim voqeliklar muntazam yoritib borilmoqda. Bundan tashqari, xorijda istiqomat qilayotgan vatandosh oilalar haqida hikoya qiluvchi “Kun oilasi”, ilmiy salohiyatga ega olimlar haqida maʼlumot beruvchi “Vatandosh olimlar” ruknlari bor.
Faoliyatini xorijiy davlatlarda boshlab, ayni paytda mamlakatimizda davom ettirayotgan hamda tarixiy ildizini Oʻzbekiston bilan bogʻlagan xorijdagi yurtdoshlarimiz ishtirokida “Vatandoshlar” telekoʻrsatuvi efir yuzini koʻrmoqda.
Vatandoshlarning davlatlar va sohalar kesimida roʻyxati shakllantirilmoqda. Biz “Vatandoshlar” jamoat fondi maqsad-vazifalaridan kelib chiqib, har qanday rasmiy, norasmiy tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlik oʻrnatish, rivojlantirishga tayyormiz.
— Fond tashkil etilganiga hali koʻp vaqt boʻlmadi. Lekin aniqki, u oʻz oldiga istiqbolli, ezgu maqsadlar qoʻygan va shu yoʻlda aniq rejalar bilan faoliyat yuritadi, toʻgʻrimi?
— Albatta, har qanday tuzilma va tashkilot ezgu niyatlar bilan tashkil etilar ekan, oʻz oldiga xayrli maqsadlar qoʻyadi. Shu maʼnoda, “Vatandoshlar” jamoat fondining ham aniq yoʻnalishlari belgilab olingan. Fond oldiga qoʻy ilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda fond boshqaruvini malakali kadrlar bilan toʻldirish maqsadida xodimlar tanlov va suhbat asosida ishga olindi.
Yuqorida fondni tashkil etishga turtki boʻlgan omillar qatorida uning vazi- falarini qisman aytib oʻtdik. Bulardan tashqari, vatandoshlarni Oʻzbekistonda tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, maʼrifiy va madaniy faoliyatga faol jalb qilish, Yangi Oʻzbekistonga oid maʼlumotlar bilan taʼminlash uchun interfaol elektron portalni yuritish, ular xorijda duch kelayotgan muammo- larni tahlil qilish va yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish, migratsiya va taʼlim sohalarida hamkorlikni ken- gaytirish kabi dolzarb vazifalar ham zimmamizda. Vatandoshlarimizning respublika oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tilida taʼlim olishlariga koʻmaklashish, xorijdagi olim va ijodkor vatandoshlarimizning yurtimizda ilmiy, ijodiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash, ular oʻtkazadigan tadbirlarda taniqli adiblar, fan, din, sport, madaniyat va sanʼat vakillari ishtirokini taʼminlashga amaliy yordam berishga tayyormiz.
— Oʻquvchilar uchun qiziq-da, fondning vasiylik kengashi raisi Sherali Joʻrayevning vazifalari nimalardan iborat?
— Avvalo, “Vatandoshlar” jamoat fondi vasiylik kengashi raisi lavozimiga loyiq topilishim, albatta, men uchun juda katta masʼuliyat, eʼtirof, eʼtibor. Xalqimiz xizmatidagi bir sanʼatkor sifatida aytmoqchimanki, repertuarimdagi aksariyat qoʻshiqlar Vatan, ona yurt va millatimizni ulugʻlash tuygʻulariga yoʻgʻrilgan. “Vatan sevmakdin ortiq menga olamda shior boʻlmas”, “Oʻzbegim”, “Oʻzbekiston — Vatanim manim!”, “Sen agar bugʻdoy boshoq boʻlsang, somoningman, Vatan.
Hamma vaqt boshing omon boʻlsin, tovo- ningman, Vatan!”, “Vatan deb oh chekmakni vatansizdan soʻrab koʻr”. Shu kabi gʻoyalar ijodiy faoliyatimdan mustahkam oʻrin olgan. Shu jihatdan “Vatandoshlar” mening ezgu niyat va ezgu amallarimga toʻla hamohangdir.
— Konstitutsiyamizning 29 yilligi tantanasida qatnashganingiz, katta sahnaga qaytganingizdan barcha muxlislaringiz mamnun boʻldi. Jamoat fondidagi masʼuliyatli lavozim sizni ijoddan bir oz cheklab qoʻymaydimi?
— Beadad shukrlar boʻlsinki, men 55 yillar nari-berisida qoʻshiq bilan, sanʼat bilan, sanʼatsevar, oʻta muxlis va shinavanda xalqimiz bilan bir tanu bir jonman. Shuning uchun ularning koʻzidagi quvonch, sanʼatga tashnalik meni hech qachon ijoddan toʻxtamaslikka undaydi.
Yaratgan ato etgan ovozimning hali uzoq yillar shu muxlislarimga xizmat qilishini orzu qilaman. Zimmamga yuklatilgan bu sharafli vazifa esa menga kuch-gʻayrat bagʻishlaydi. Ijoddan bir on ham cheklamaydi, qaytaga, ijodimiz hamkor vatandoshlarimiz bilan yanada gullab-yashnaydi.
— Chet mamlakatlarda oʻzbek madaniyati, sanʼati, ilm-fanini targʻib qilib, oʻzligimizni dunyoga tanitayotgan vatandoshlarimizning aksariyati tashkilot faoliyati yoʻlga qoʻyilganidan mamnunligini aytmoqda. Xususan, milliy maqomlarimizni Amerikada targʻib qilayotgan vatandoshimiz Izro Malakov ham bu yangi faoliyatingizdan juda xursandligini aytdi. Shu kabi yurtdoshlarimizga nimalar degan boʻlardingiz?..
— Bu masʼuliyatli va sharafli vazifaga loyiq topilganimdan xursand boʻlgan barcha doʻstlarim, vatandoshlarimga minnatdorlik bildirish barobarida aytmoqchiman: shu aziz Vatan barchamizniki! Musofirlik oson emas, albatta. Vatanning qadrini musofirdan soʻrang, deb bejiz aytilmaydi. Vatanning qadri ni yurakning tubidan his qilgan holda, mashaqqatlar, yurt sogʻinchiga dosh berib, oʻzbek nomini tanitayotgan ekansiz, biz sizlar bilan qalban birgamiz. Bizga bildirayotgan ishonchingiz, “Vatandosh” haqidagi ezgu oʻylaringiz uchun tashakkur.
Qayerda, qay lavozimda, taqdir hukmiga binoan qaysi bir mamlakatda yashayotgan, faoliyat yuritayotgan, yaxshi niyatlar bilan tirikchilik oʻtkazayotgan vatandoshlarim, ishlaringiz baroridan kelsin. Nimaiki yaxshi niyatlar qilgan boʻlsangiz, ijobat boʻlsin!
— Tashkilotning istiqboli, kelgusi ijodiy faoliyatingizda nima- larni koʻryapsiz? Barcha vatandoshlarimizga Yangi yil tilaklaringiz...
— “Vatandoshlar” jamoat fondining niyat-maqsadi benihoya ulugʻvor. Eng muhi- mi, biz uni amalda koʻrsatishimiz kerak.
Qoʻshigʻimda bunday satr bor: “Vatan degan har kas vatanparvarmas”. Shunday ekan, Vatanga boʻlgan muhabbatimiz, uni yuksaltirishga qaratilgan har bir xatti-harakatimiz mehr, muhabbat, gʻurur va iftixorga yoʻgʻrilgan boʻlishi kerak.
Yangi yilga keladigan boʻlsak, av- valo, yurtimiz tinch boʻlsin! Ilohim,
mana shunday farovonligimiz, erkin- ligimizga koʻz tegmasin! Omonlik bor yurtdagina bayramlar boʻladi, shunday yurtgagina bayramlar yarashadi. Oʻzin- giz oʻylang, oʻq ovozi eshitilib turgan mamlakatda odamlarning koʻngliga bayram, sanʼat sigʻadimi? Yaratgan- ga shukr ki, bizda hammasi oʻz oʻrnida.
Mana shu xotirjamligimiz yoʻqolma- sin, xalqimiz bir tanu bir jon boʻlib, davlatimiz rahbarining ezgu ishlari- ga esh boʻlsin! Oʻzbek degan nom butun dunyoda tobora tanilaversin!
Ha, “Vatandoshlar” jamoat fondining tashkil etilishi xorijdagi vatandosh- larimiz uchun chinakam quvonchli voqea boʻldi. Zero, ular bizning, biz ularning qondoshi, jondoshi, vatandoshimiz. Ular bilan ajdodlarimiz, urf-odatlarimiz, turmush tarzimiz, tomirimiz bir. Shu- ning uchun qayerda boʻlmaylik, tomirlari- miz birlashaveradi, ona zamin taftida unga tobora mahkamroq bogʻlanaveradi. “Vatandosh lar” mana shu rishtalarni abadiy bogʻlasin, oʻz oldiga qoʻygan barcha ezgu maqsadlari xalqimizning birdam- ligi, oydin ertasiga xizmat qilsin!
Nodir Mahmudov,
Munojat Mo‘mInova,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbirlari