Muloqot chog‘ida vatandoshlarimizning Quvaytdagi tajribasi va ixtisosligidan kelib chiqqan holda ikki tomonlama madaniy aloqalarini rivojlantirish xususida fikr almashildi.
Qayd etilganidek, ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi do‘stona rishtalarni yanada mustahkamlashda madaniyat sohasidagi hamkorlik ko‘lamining yanada kengayishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Joriy yil 11-fevralda Quvayt madaniyat, san’at va adabiyot bo‘yicha milliy kengashi zalida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi orkestri jamoasining konserti ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgani ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston musiqa bilim yurtlarida Quvayt fuqarolarining tahsil olishini yo‘lga qo‘yish, ushbu davlatda o‘zbek milliy musiqa maktabi va keyinchalik oliy ta’lim muassasasini ochish takliflarini ilgari surish to‘g‘risida kelishib olindi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.