Yoshlarni milliy g'oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo'lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo'lish tuyg'usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo'lgan ishonchni kuchaytirish Vatan himoyasi O'zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekanini chuqur singdirish bugungi ta'lim va tarbiya tizimi oldida turgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 7-yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy ta'lim muassasalariga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Joriy yilning 15-sentabr kuni Bojxona institutida tahsil oluvchi kursantlar va o'qituvchilar ishtirokida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan 324-sonli umumta'lim maktabida uquvchi-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va ma'nan barkamol, harbiy-vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlanib, institut kursantlari va maktab o'quvchilari o'rtasida samimiy munosabat shakllandi, O'quvchilar tomonidan harbiy xizmatchi va bojxona xodimi bo'lish yigit kishi uchun oliy sharaf ekanligi aytib o'tildi. 

         Aziza Sharofutdinova,

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 40-maktab o'quvchisi