Bu haqda “Dunyo” AA , deb xabar bermoqda.
Suhbat chogʻida elchi Oʻzbekistonda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, demokratik institutlarni mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlar haqida toʻxtalib oʻtdi. Oʻzbekiston Prezidenti nomidan Rim papasiga samimiy salom va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Rim papasi Lev XIV Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga chuqur hurmat-ehtiromini izhor etdi. U Oʻzbekiston va Vatikan oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganidan buyon oʻtgan 33-yil davomida turli millat va din vakillari oʻrtasida doʻstlik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlashga qaratilgan mustahkam hamkorlik salohiyati shakllanganini taʼkidladi.
Shuningdek, u Samarqandning Sharq va Gʻarb dunyosiga taʼsir koʻrsatadigan falsafiy va diniy tafakkurning yirik markazi sifatidagi ahamiyatiga alohida eʼtibor berdi. Oʻzbekiston anʼanaviy ravishda dinlararo totuvlik va bagʻrikenglik tamoyillarini ilgari surish tarafdori ekani, bu boradagi xalqaro tashabbuslarni faol qoʻllab-quvvatlayotgani taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida Rim papasi Lev XIV oʻzbek xalqining gullab-yashnashi uchun ibodat qilishini taʼkidlab, Oʻzbekiston va Vatikan oʻrtasidagi doʻstlik va konstruktiv hamkorlik yanada mustahkamlanishini tiladi.
Eslatib oʻtamiz, Farrux Tursunov Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi hisoblanadi. 2024-yil 9-aprel kuni diplomat Ispaniya Qiroli Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirgan.
Bundan tashqari, diplomat oʻrindoshlik asosida Oʻzbekistonning Andorradagi elchisi hisoblanadi. 2025-yil 11-mart kuni u Andorra hamraisi, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirgan.