Jumladan, tumanning “Fayzikent”, “Sebiston” mahalla fuqarolar yig'inlarida bo'lib, hududda aholini qiynayotgan ijtimoiy muammolarni ijobiy hal etish, bu borada soha xodimlarining kasbiy faolligini oshirish masalalariga alohida to'xtalib o'tdi. Joriy yil 27-28 mart kunlari “Fayzikent” mahallasi Ravot qishlog'ida kuzatilgan kuchli yog'ingarchilik oqibatida zarar ko'rgan xonadon egalari bilan suhbatlashib, ularning muammolarini ijobiy hal etish bo'yicha mas'ullarga zarur topshiriqlar berdi.

Shuningdek, vazir R.Mamatov “Sebiston” mahallasidagi Qizilqosh va Dehqonobod qishloqlarida joylashgan nuroniylar choyxonalariga tashrif buyurib, bu erda keksalarning hordiq chiqarishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish bo'yicha o'z takliflarini berdi hamda ushbu maskanlarga bittadan gaz plita va televizor topshirdi.

Tashrif davomida vazir “Obod qishloq” dasturi asosida tashkil etilgan obodonlashtirish ishlarini ham ko'zdan kechirdi. Mahalladagi oqsoqollar bilan suhbatlashib, qishloq aholisini qiynayotgan muammo va kamchiliklarni tez fursatda hal etish bo'yicha tuman mutasaddilariga ko'rsatmalar berdi.