A.Abduhalimov diplomatiya sohasida 1999-yildan buyon faoliyat yuritadi. Vazirlik markaziy apparati va Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.
1999-2012-yillarda Tashqi ishlar vazirligi Osiyo va Afrika mamlakatlari boshqarmasida 1-kotib, mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchixonasida 2-kotib, Misr Arab Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi.
2012-2018-yillarda Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boʻlim boshligʻi, mamlakatimizning Quvayt Davlatidagi elchixonasi maslahatchisi.
2018-2021-yillarda Oʻzbekistonning Oʻmon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.