Mazkur holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi TG tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o'tkazilib, natijasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi («Bezorilik») 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Jinoyat ishi bo'yicha asosiy gumondor protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
eng qizig'i, bayonotda mazkur voqelikka oid ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Sog'liqni saqlash vaziri shifokorlarga qilinayotgan tajovuzlar bo'yicha Bosh prokuraturaga avval ham murojaat qilingani, biroq muammo hal etilmagani mazmuni aks etgan xabarlarga ham to'xtalib o'tilgan.
Ta'kidlanishicha, bunday ma'lumotlar hech qanday asosga emas. Nafaqat shifokorlarga, balki har bir fuqaroga qilingan tajovuz, ularning sog'lig'i yoki mulkiga qaratilgan har qanday noqonuniy xatti-harakatlar qonun doirasida hal qilib kelinmoqda. SHunday ekan, bu borada qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligi ta'minlanishida shubhaga o'rin yo'q, deyiladi xabarda.