Muloqot O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida 30 dekabrda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash jarayonida yosh mutaxassislar imkoniyatidan maqsadli foydalanish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, shuningdek, 2021 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratildi.
Yoshlar bilan uchrashuv doirasida Transport vaziri yoshlarga transport tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida alohida to'xtalib o'tdi. Universitet infratuzilmasini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma'lumot tinglandi.
Shuningdek, bugungi islohotlar jarayonida yoshlarning alohida o'rni borligi va sohadagi bunday islohotlarda yoshlarning g'oyalarini, ularning amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish muhimligi ta'kidlandi.
- Bugun siz aziz yoshlar bilan uchrashish men uchun katta sharaf, – dedi vazir v.b. Ilhomjon Mahkamov. – Albatta, sizlarning fikringiz, ishlab chiqarish va ilmda erishayotgan yutuqlaringizni yuzma-yuz turib eshitish bizni yagona maqsadlarda birlashtiradi. Bugun transport sohasida qator ishlar qilinmoqda. Bizning asosiy maqsad sohadagi har bir ishimizda yoshlarimiz faolligini ko'rish. Buning uchun sizlardan o'z mehnat faoliyatingizga mehr qo'yish, yaxshi o'qish va yangi g'oyalar ustida tadqiqotlar olib borish talab etiladi. Biz, ya'ni vazirlik sizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlaymiz.
Uchrashuvda Ilhomjon Mahkamov yig'ilish ishtirokchilarining erishayotgan yutuqlari va ularning takliflari bilan qiziqdi.
– Bugungi uchrashuv biz uchun juda foydali bo'ldi, – dedi Toshkent davlat transport universiteti «elektr ta'minoti» kafedrasi assistenti Islom Karimov. —Tadqiqotchi sifatida mavjud muammolarni chuqurroq o'rganib, masalalar yuzasidan etarli va aniq ma'lumotlarni olish murakkabligini bildirdim. Vazir bu fikrlarimni qo'llab-quvvatladi va bu masalada ko'mak berishini bildirdi.
Ochiq muloqotda yoshlar tizimdagi mavjud muammolar bo'yicha vazirga savol berdi. Vazir muammolarni hal etish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida batafsil ma'lumot berdi. Takliflar qabul qilinib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq berildi.
Vazir yoshlar bilan uchrashdi
Transport vaziri yoshlarga transport tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida alohida to'xtalib o'tdi.
Chirchiqda yuk mashinasining yarim tirkamasi ajralib ketib, xonadonga urildi
- Milliy gvardiyaning vazifa va vakolatlari qayta ko‘rib chiqilmoqda
- Dam olish kunlari 22:00 dan 09:00 gacha meʼyordan ortiq shovqin chiqarish taqiqlanadi
- Chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalarining borishi koʻrib chiqildi
- Madaniy merosni asrab-avaylash va xalqaro madaniy hamkorlikni kengaytirish choralari koʻrib chiqildi
- Sirdaryoda reyd vaqtida ekologik inspektor halok boʻldi
- O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining muloqoti Buxoroda davom etadi
- “Chorvoq”da cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘il hodisasi tafsilotlari ma’lum qilindi
- Bakalavriatni imtiyozli diplom bilan bitirganlarga malaka toifasi beriladi
- Mustaqillik bayrami arafasida fidoyi vatandoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
- Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi