Muloqot O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida 30 dekabrda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash jarayonida yosh mutaxassislar imkoniyatidan maqsadli foydalanish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, shuningdek, 2021 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratildi.
Yoshlar bilan uchrashuv doirasida Transport vaziri yoshlarga transport tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida alohida to'xtalib o'tdi. Universitet infratuzilmasini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma'lumot tinglandi.
Shuningdek, bugungi islohotlar jarayonida yoshlarning alohida o'rni borligi va sohadagi bunday islohotlarda yoshlarning g'oyalarini, ularning amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish muhimligi ta'kidlandi.
- Bugun siz aziz yoshlar bilan uchrashish men uchun katta sharaf, – dedi vazir v.b. Ilhomjon Mahkamov. – Albatta, sizlarning fikringiz, ishlab chiqarish va ilmda erishayotgan yutuqlaringizni yuzma-yuz turib eshitish bizni yagona maqsadlarda birlashtiradi. Bugun transport sohasida qator ishlar qilinmoqda. Bizning asosiy maqsad sohadagi har bir ishimizda yoshlarimiz faolligini ko'rish. Buning uchun sizlardan o'z mehnat faoliyatingizga mehr qo'yish, yaxshi o'qish va yangi g'oyalar ustida tadqiqotlar olib borish talab etiladi. Biz, ya'ni vazirlik sizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlaymiz.
Uchrashuvda Ilhomjon Mahkamov yig'ilish ishtirokchilarining erishayotgan yutuqlari va ularning takliflari bilan qiziqdi.
– Bugungi uchrashuv biz uchun juda foydali bo'ldi, – dedi Toshkent davlat transport universiteti «elektr ta'minoti» kafedrasi assistenti Islom Karimov. —Tadqiqotchi sifatida mavjud muammolarni chuqurroq o'rganib, masalalar yuzasidan etarli va aniq ma'lumotlarni olish murakkabligini bildirdim. Vazir bu fikrlarimni qo'llab-quvvatladi va bu masalada ko'mak berishini bildirdi.
Ochiq muloqotda yoshlar tizimdagi mavjud muammolar bo'yicha vazirga savol berdi. Vazir muammolarni hal etish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida batafsil ma'lumot berdi. Takliflar qabul qilinib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq berildi.
Vazir yoshlar bilan uchrashdi
Transport vaziri yoshlarga transport tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida alohida to'xtalib o'tdi.
FVV qutqaruvchilari Bo‘stonliqda quduqqa tushib ketgan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatishdi
- Toshkentda avtomoykadan olib qochilgan «Spark» qisqa vaqt ichida topildi
- Mingbuloqda bitta ko‘lda ham baliqchilik, ham sholichilik yo‘lga qo‘yildi
- «Qo‘qon halvasi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
- “O‘zgidromet” mamlakatimizning to‘rtta viloyatiga sel kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi
- Buxoroda hindistonlik talaba vafot etdi, uning kursdoshi gumonlanuvchi sifatida ushlandi
To‘rayev Aziz Oppoqovichni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Oʻzbekiston terma jamoasi “Asteka” stadionida Meksikaga minnatdorlik yozuvini qoldirdi
- Ilgiz Tantashev Paragvay — Fransiya o‘yini boshqaradi
- Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
- Oʻzbekiston va Germaniya yetakchilari qoʻshma bayonot qabul qilib, bir qator loyihalarni ishga tushirdilar
- Prezidentimiz “Navbahor” futbol klubining akademiyasida boʻldi