Hujjat hukumatning 2019-yil 4-oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutadi. Unga koʻra, Mustaqillik maydoni koʻchasida joylashgan Vazirlar Mahkamasi binosini ham roʻyxatga kiritish koʻzda tutilmoqda.
Roʻyxatga yana 130 ga yaqin obyektlarni kiritish rejalashtirilgan. Ular orasida masjidlar, muzeylar va turar joy binolari ham bor. Toshkent shahri Shota Rustaveli, Beshyogʻoch koʻchalaridagi qator uylar, Sanʼashunoslik ilmiy-tadqiqot instituti binosi, Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi binolar majmusini Arxitektura yodgorliklari pozitsiyasida roʻyxatga kiritilishi kutilmoqda.








