Vazirlar Mahkamasi koronavirusga oid yana bir qarorni qabul qildi

    Mamlakatimizda 30 Oktabr 2020 1965

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida tashqi iqtisodiy faoliyat, turizm va qurilish sohalarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (665-son, 29.10.2020-y.) qabul qilindi.

    Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsiri oqibatida zarar koʻrgan va koʻrayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarini hamda zamonaviy uy-joy qurilishi bilan band boʻlgan qurilish-pudrat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining avtotransport vositalari parkini yana-da yangilash va modernizatsiya kilish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

    Qarorga koʻra, 2022-yil 31-dekabrgacha quyidagilarga utilizatsiya yigʻimining nol stavkasi qoʻllaniladi.

    Yuk tashish uchun moʻljallangan “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan shatakchi avtomobillar (TIF TN kodi 8701 20, ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshganlari bundan mustasno), shuningdek, tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39, ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshganlari bundan mustasno);

    yuk tashish uchun moʻljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodlari 8704 22, 8704 23) hamda maxsus moʻljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodi 8705 10, 8705 40, 8705 90);

    haydovchi bilan birga 10 va undan ortiq yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan, “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan transport vositalari (TIF TN kodi 8702, ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshganlari bundan mustasno).