Mavjud resurslar, ayniqsa, oziq-ovqat sanoatidagi imkoniyatlarimizni ishga solib, ichki bozorni toʻldirish uchun salohiyat yuqoriligiga qaramay, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi oʻtgan yili Surxondaryoda 16 foiz, Andijonda 21 foiz, Jizzaxda 3 foizga kamaygani koʻrsatib oʻtildi.
Masalan, Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Navoiy va Samarqandda ishlab chiqarilgan makaron mahsulotlari hajmi hududiy ehtiyojni yarmini ham qoplamaydi.
Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birgalikda 25 turdagi oziq-ovqatni oʻzimizda ishlab chiqarishni boshlash topshirildi. Bu korxonalarda xalqaro standartlar joriy etiladi, ularga xorijdan malakali texnolog va marketologlar jalb qilinadi.
Shuningdek, masʼullarga xorijiy brendlar bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini oʻrganish topshirildi.
Vazirlar Mahkamasi oldiga hududlarda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini qabul qilish vazifasi qoʻyildi.