Bugun davlat boshqaruvidagi bir qator ijobiy o'zgarishlarni faoliyatimizda sezyapmiz. Davlat organlari va tashkilotlaridagi xodimlarning malakasini oshirishda, inson resurslarini rivojlantirishda, ishga qabul qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda. Bularning barchasi esa — biz yoshlarga imkon.
Men ham vakant lavozimlarning yagona ochiq portali – vacancy.argos.uz platformasi orqali onlayn hujjat topshirdim. Jarayonlar ochiq, shaffof tashkil etildi. Turli sohalar, shuningdek, o'z yo'nalishimda bilimimni sinovdan o'tkazdim va tanlov g'olibi bo'ldim. Qolaversa, ushbu platforma orqali bugun tengdoshlarim vazirlik, idoralardagi bo'sh ish o'rinlari bilan tanishib borish imkoniyatiga ham ega. Yoshlarga ish qidirib yurmasdan, ushbu platforma imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya qilaman.
Madina Nosirova,
Jizzax shahar, Maktabgacha ta'lim bo'limi,
Ta'lim-tarbiya sifatini tashkil etish sho''basi mudiri