Farmoyishga ko'ra, Yаngi O'zbekiston ma'muriy islohotlari dasturi loyihasiga takliflar ishlab chiqilishida quyidagilar ustuvor yo'nalish hisoblanadi:
➖ davlat boshqaruvi organlarining maqomini belgilash;
➖ takrorlanuvchi vazifa va funktsiyalarini qisqartirish;
➖ rahbar o'rinbosarlarining yo'nalishlar kesimidagi javobgarlik chegaralarini aniq belgilash;
➖ vazirlik va idoralar shtat birliklarini maqbullashtirish;
➖ boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish, ish yurituvini to'liq raqamlashtirish;
➖ “Ochiq idora” loyihasini amalga oshirish;
➖ davlat xizmatlarini to'liq raqamlashtirish va fuqarolarning sansalorligiga barham berish;
➖ vazirlik va idoralarning ayrim funktsiyalarini nodavlat sektoriga o'tkazish;
➖ tegishli vazirlik va idoralarning hududiy bo'linmalarini bitta ma'muriy binoga joylashtirish orqali aholiga “YAgona darcha” tizimi asosida xizmat ko'rsatish;
➖ kadrlarni tanlov asosida va keng raqobat muhitida ishga qabul qilishni to'liq joriy qilish;
➖ o'z ustida ishlamaydigan va mas'uliyati bo'lmagan kadrlarga nisbatan “jamoaviy ta'sir”ni amalga oshirish;
➖ vazirlik va idoralarda yagona kadrlar reytingini yuritish;
➖ davlat xizmatchilari tomonidan olinadigan kafolatlangan bepul xizmatlar va vositalar paketini ishlab chiqish;
➖ tender va tanlovlarni ochiq va shaffof holda o'tkazish tizimini takomillashtirish;
➖ xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi mavjud muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish;
➖ mahalliy vakillik organlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish;
➖ hokimlar, ularning o'rinbosarlari va maslahatchilarining vakolat chegarasini aniq belgilash.