Velopoygachilarimiz umumjamoa hisobida birinchi!

    Oʻzbekistonlik velopoygachilar Eronda oʻtkazilgan xalqaro musobaqada umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi.

    Eronda velosport boʻyicha boʻlib oʻtgan “Tour of Marand” koʻpkunlik xalqaro musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi velosportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

    Toʻrt bosqichda boʻlib oʻtgan musobaqalar natijasiga koʻra, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi. Birnichi bosqichda Nikita Svetkov birinchi, Diyor Toxirov ikkinchi oʻrinni band etdi.

    Ikkinchi bosqichda Svetkov marraga yana birinchi boʻlib yetib keldi. Uchinchi bosqichda ham unga teng keladigan raqib topilmadi. Diyor Toxirov bu safar uchinchi boʻldi.

    Umumiy xisobda 4 bosqichli turnir yakunida terma jamoamiz aʼzosi Nikita Svetkov mutlaq gʻolib, deb topildi. Diyor Toxirov ikkinchi oʻrinni band etdi.