Kechasi soat 01:30 larda, Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro Xaqqulobod-Uchqoʻrgʻon yoʻlining 2 kilometrida oʻziga tegishli boʻlmagan «Matiz» rusumli avtomashinani ishonch qogʻozi orqali boshqarib ketayotgan vaqtida harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, unga qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan velosipedchini urib yuborgan.

Natijada velosipedchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Biroq, koʻrsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan.

Hozirda holat boʻyicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.