Velosportchi hamyurtimiz xalqaro turnirda bronza medalli boʻldi

    Polshada velotrek boʻyicha “Grand Prix Poland UCI 2” musobaqasi oʻtkazilmoqda.

    Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Margarita Misyurina skretch dasturida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Ushbu dasturda oltin medal mezbon sportchiga nasib etgan boʻlsa, ukrainalik atlet kumush bilan taqdirlandi.

    Kecha sportchilarimiz medison va “elimination” dasturlarida startga chiqishdi.

    Eslatib oʻtamiz, ushbu turnirda Olga Zabelinskaya, Sofiya Karimova va Nafosat Koziyeva kabi velosportchilarimiz ham ishtirok etmoqda.