Generatorlar issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan kompaniyaning mahalliy qozonxonalarini ishlashini taʼminlash uchun moʻljallangan. Ushbu generatorlar elektr taʼminoti uzilishi vaqtida qozon uskunasining uzluksiz ishlashini taʼminlaydi.

Shuningdek, bugun Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan elektr taʼminotida uzilish yuz bergan Olmazor tumanidagi 1 va 111-maktablarni issiqlik bilan taʼminlovchi mahalliy qozonxonalarga umumiy quvvati 210 kVt boʻlgan 2 ta generator oʻrnatildi.

Bundan tashqari, har bir kompaniyaning tuman boʻlimida elektr taʼminoti uzilib qolganda tezkor harakat qilish uchun zaxira generatori mavjud.