“Veolia Energy Tashkent” korrupsiyani qattiq qoralaydi va doimiy ravishda xodimlarimizning kasbiy mahoratini oshirish, shuningdek, korporativ etikaga rioya qilish ustida ishlamoqda. Biz xodimlarning ish haqini oʻrtacha 20 foizga oshirdik, malaka oshirish boʻyicha ichki treningni yoʻlga qoʻydik va bu bilan cheklanib qolmaslikni rejalashtirdik.

Kompaniya tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning majmui bizga kasbiy standartlarni oshirish va xodimlarimizni oʻz xizmat vazifalariga vijdonan munosabatda boʻlishga undash imkonini beradi.

“Veolia Energy Tashkent” yanada samarali hamkorlik qilish uchun Toshkent shahri aholisidan korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisida (71) 227-08-35 telefon orqali xabar berishni soʻraydi", — deyiladi jamiyat bayonotida.