Nashrda Londonda bo'lib o'tgan «World Travel Mart» xalqaro sayyohlik ko'rgazmasi yakunlari ko'ra, 2024 yilda «O'zbekiston - eng yaxshi sayyohlik maskani» nominatsiyasi g'olibi bo'lgani ma'lum qilingan.
«Eng yaxshi sayyohlik maskani» nominatsiyasida O'zbekiston bilan Chili, Meksika, Xorvatiya, Hindiston, Marokash va boshqa davlatlar raqobat qildi. Yakunda ushbu nominatsiyada O'zbekiston e'tirof etildi»,- deyiladi maqolada.
Rossiya elektron nashri xabar qilganidek, ko'rgazma davomida O'zbekiston Turizm qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Jamshid Abdusalamovga dunyodagi mashhur turistik nashriyotlardan biri - «Lonely Planet» vitse-prezidenti Tom Brodi tomonidan maxsus sertifikat topshirildi.