22-iyun kuni mazkur kengashning ilk yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kengash yigʻilishida Respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan veterinariya va chorvachilik sohasi uchun mutaxassis – kadrlar tayyorlab berayotgan 11 ta turdosh oliy taʼlim muassasalarining tegishli kafedra mudirlari, oʻquv — uslubiy boshqarma boshliqlari va prorektorlari ishtirok etishdi.

Kengash aʼzolarining taklifiga koʻra, Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibiga tizimdagi ilmiy — tadqiqot institutlari, yetakchi korxona va tashkilot rahbarlari ham kiritildi.

Tadbir davomida Kengash Nizomi, tarkibi va reglamenti tasdiqlanib, soha uchun oʻquv rejalari, malaka talablari muhokamasi oʻtkazildi. Axborot xizmati