Muzokaralar davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ikki mamlakat bozorlariga xaridorgir mahsulotlarni yetkazib berish orqali tovar ayirboshlash hajmlarini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar ishbilarmon doiralar vakillari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va bu orqali eksport-import salohiyatini oshirish maqsadida ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari va ularning aʼzo korxonalari ishtirokida onlayn davra suhbatlarini oʻtkazishga kelishib oldilar.
Hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari sifatida toʻqimachilik, charm va poyabzal, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va baliqchilik sohalari belgilab olindi.
Bundan tashqari, oʻzaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishini oʻtkazishga va ushbu tadbirning samaradorligini taʼminlash maqsadida uning doirasida ishbilarmon doira vakillari ishtirokida biznes-forumni tashkil etishga kelishib olindi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.