Bu haqda Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish va qidiruv-qutqaruv milliy qo'mitasi ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, tabiiy ofatdan poytaxt Xanoy, Kamfa, Mongkay, Xayfon, Xalong port shaharlari, shuningdek, yaqin atrofdagi shimoliy Txaybin, Xoabin va Xingyen viloyatlari eng ko'p jabr ko'rdi.
Departament ma'lumotlariga ko'ra, tabiiy ofat ushbu hududlardagi 400 dan ortiq elektr uzatish to'sinlari va 27 ta elektr punktlariga zarar yetkazdi, bu esa elektr ta'minotida uzilishlarga olib keldi, 121 ming gektardan ortiq ekin maydonlarini suv bosdi, 38 ta kema va baliq ovlash qayiqlari qirg'oqbo'yi hududlarda cho'kib ketdi yoki yo'qoldi, deb xabar beradi report.az.
Avvalroq Vyetnamning shimoliy qismiga yopirilgan “Yagi” super to'foni oqibatida to'rt kishi halok bo'lgani va 78 kishi jarohatlangani xabar qilingandi.