Mamlakat suv toshqinlaridan besh milliard donga zarar ko'rgani aytilmoqda. Vyetnam axborot agentligi xabariga ko'ra, 380 uy vayronaga aylandi, 90 gektardan ziyod qishloq xo'jaligi maydoni zararlandi.
Kuchli yomg'ir tuproq eroziyasiga olib keldi. Yo'llarda tirbandlik yuzaga kelgan, ayrim yo'nalishlarda harakat butunlay to'xtatilgan. Xanoydan Lao Saygacha bo'lgan temir yo'lda poyezdlar harakati vaqtincha to'xtatildi.
Yil boshidan buyon mamlakatda sel va ko'chkilar oqibatida 98 kishi halok bo'lgan yoki bedarak yo'qolgan, 103 kishi jarohat olgan, deb xabar beradi mir24.tv.