Bu hamkorlik asnosida oʻtgan asrning boshlarida Shvetsiyaning turli hududlarida oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar chogʻida Vikinglar xazinasi tarkibida aniqlangan jami 9 ta Xorazm tangalarining yuqori tiniqlikdagi rasmlari va ular haqidagi maʼlumotlarni taqdim qildi.
Mazkur tangalarning barchasi kumushdan yasalgan boʻlib milodiy 811-959-yillar orasida Xorazmda zarb qilingan va IX-X asrlardagi Xorazmning shmoliy hududlar bilan savdosi natijasida Shimoyliy Yevropa hududlariga borib qolgan. Mazkur tangalar asosan soʻnggi Afrigʻiy hukmdorlar va Arab xalifalarining Xorazmdagi noiblari tomonidan zarb qilingan tangalardan iborat kolleksiyadir. Ushbu kolleksiya Xorazmning bundan ming yillar oldin Shimoliy hududlar bilan faol savdo munosabatlari olib borganligini isbotlaydi.